Tarjimalar byurosi – texnik tarjimalarni bajaramiz, yozma, iqtisodiyot
«GMC Translation Service» til tarjimalari markazi – bu til tarjimalari sohasida 15 yillik tajribaga ega bo‘lgan xalqaro kompaniyadir. Bugungi kunda u barqaror tashkiliy va moliyaviy tuzilmaga ega bo‘lgan, tarjima xizmatlari bozorida yetakchi o‘ringa ega bo‘lgan kompaniyadir.
Biz o‘z mijozlarimiz uchun dunyoning 127 dan ortiq tillariga yozma tarjima xizmatlarini taqdim etamiz. Biz istalgan hajmdagi, har qanday mavzudagi materiallarni qisqa muddatlarda tarjima qilamiz. Bu xodimlarning yuqori professionalligi, zamonaviy dasturiy taxminotdan foydalanilishi, texnik bazaning doimiy yangilanishi, yuqori talabchanlik tizimi asosida tanlangan va yuqori darajadagi malakaga ega bo‘lgan tor doiradagi va maxsus yo‘nalishga ega bo‘lgan professional tarjimonlarning jalb qilinishi bilan asoslanadi.
Biz tarjimalarni notarial tasdiqlash, xorijda amal qilish uchun mo‘ljallangan hujjatlarni Apostillash va ularni konsullik tasdig‘idan o‘tkazish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘ldik. Ushbu xizmatdan kompaniyamizning yuqori ishchanlik va mo‘tadil narhlari bilan jalb etilgan ko‘p sonli mijozlari foydalanadilar,
Markazimizning maxsus dizayn-bo‘limi tufayli mijozlarning buyurtmalari asl nus’hasiga mos tarzda topshiriladi, ya’ni asli bilan bir hil ko‘rinishda amalga oshiriladi.
Faoliyatimizda «Sifat, tezkorlik va alohida yondashuv» tamoyili asos qilib olingan. Biz uchun «katta» yoki «kichik» mijozlar yo‘q - biz uchun har bir mijoz muhim!
Biz tomondan bajarilayotgan tarjimalarning sifati borasida xorijiy elchixonalar va vakolatxonalar, banklar, Tashqi ishlar Vazirligi, O‘zbekiston Milliy Banki, Ichki ishlar Vazirligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi, Adliya Departamenti va mamlakatning yirik korxonalari bilan mustahkam aloqalarimiz, shuningdek ulardan olingan minnatdorchiliklar va biz haqimizda eng yaxshi tarjima kompaniyasi sifatida qoldirgan fikrlari dalolat beradi.
Ko‘plab yirik korporatsiyalar, banklar, xalqaro jamoatchilik va hukumat tashkilotlari o‘z tanlovlarini bizning «GMC Translation Service» Tillar tarjima Markazimizda to‘xtatishgan.
-
Neft-gaz mavzusidagi matnlarni tarjima qilish eng murakkab va tor ixtisoslashgan tarjimalar turiga kiradi. Neft-gaz mavzusini neft qazib olish, ushbu sohaning sug‘urta va moliya masalalari borasidagi bilimlarsiz yuqori saviyada tarjima qilib bo‘lmaydi. Bizning mutaxassislarimiz uzoq yillar davomida neft-gaz mavzusidagi matnlarni sifatli og‘zaki va yozma tarjima qilish bilan shug‘ullanib keladilar. -
Texnik matnlar tarjimasi o‘ziga xos xususiyatlariga ega va u yozma tarjimaning eng murakkab turlaridan biri hisoblanadi. Texnik hujjatlarni savodli tarjima qilish nafaqat ana shu tilning leksikasi va terminologiyasini erkin bilishni, balki asl matnda so‘z yuritilayotgan jarayonlar va tizimni aniq-ravshan tushunishni ham talab etadi. Texnik matnlarni tarjima qilish albatta ilmiy-texnik terminologiya va maxsus leksikadan foydalanishni taqozo etadi. Bizning texnik tarjimonlarimiz turli texnik mavzular bilan ishlashda ko‘p yillik tajribaga egadirlar, buning evaziga texnik tarjimaning yuqori sifat bilan va o‘z vaqtida bajarilishiga erishiladi. -
Biz tibbiy preparatlarning yo‘riqnomalaridan tortib ilmiy maqolalar va monografiyalargacha istalgan murakkablikka ega bo‘lgan tibbiy mavzudagi matnlarni tarjima qilamiz. Professional tarjimonlar va muharrirlar oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lib, tibbiyotning turli sohalarida yozma tarjima bo‘yicha katta tajriba orttirganlar. Ma’lum bir buyurtmaning yo‘nalishiga qarab biz ushbu sohaga ixtisoslashgan tarjimonlar va muharrirlarni tanlab olamiz. -
Iqtisodiy mavzudagi matnlar tarjimasi – tarjimaning alohida turi bo‘lib, tarjimondan maxsus bilimlar bo‘lishini talab etadi. Iqtisodiy mavzudagi tarjimani iqtisodiy nazariyani va maxsus iqtisodiyot terminologiyasini tushunmay turib savodli tarjima qilish mumkin emas. Bu kabi materiallar tarjimasi tarjimondan, avvalambor tafsilotlarga diqqatli bo‘lishni, diqqatni maksimal darajada jamlashni, ushbu sohada tarjima qilishda yuqori mas’uliyatni va chuqur bilimga ega bo‘lishni talab etadi. Ma’lumotlar va raqamlarga diqqat bilan e’tibor qilish, asl matnning terminologiyasi va shakliga qat’iy rioya qilish, katta hajmdagi hujjatlar bilan sinchiklab ishlash va ehtiyotkorlik – iqtisodiy mavzularni tarjima qilishning asosiy qoidalaridir. -
Biz mijozlarimizga yuridik xujjatlarni turli tillarga tarjima qilish xizmatini taqdim etamiz. Ko‘p yillik matonatli mehnat tufayli biz ko‘plab xalqaro yuridik firmalar, advokatlik kollegiyalari, byurolari, shuningdek yirik kompaniyalar va xorijiy tashkilotlar vakolatxonalarining yuridik bo‘limlari ishonchini qozona oldik. Biz ularning yuksak ishonchini oqlash uchun barcha sa’y-harakatlarimizni ishga solamiz. Bizning xodimlarimiz yuridik ma’lumotga hamda boy ish tajribasiga ega. Xorijda qo‘llanilishi uchun mo‘ljallangan yuridik mazmundagi xujjatlar tarjimasi, buyurtmachining talabiga ko‘ra til sohibi tomonidan tekshirib berilishi mumkin. -
Standart tarjima hamda til egasi tomonidan bajariladigan tarjimalar bilan bir qatorda, shaxsiy hujjatlarni yozma tarjima qilish xizmati «GMC Translation Service» Tillar tarjima markazining o‘z mijozlariga taqdim etuvchi xizmatlaridan biri hisoblanadi. Yillar davomida orttirilgan bilim va tajribamiz shaxsiy hujjatlar bilan ishlashning barcha nozik qirralarini inobatga olishga hamda mijozlarimizga nafaqat oddiy tarjimani, balki hujjatlarni tegishli idoralarga taqdim etishga to‘laqonli tayyorlab berishga ham imkoniyat yaratadi. Biz shaxsiy hujjatlar tarjimasining yuqori sifatiga, maxfiyligiga va o‘z vaqtida bajarilishiga kafolat beramiz. -
Saytlarni tarjima qilishda tarjimon oldida turlicha masalalar kelib chiqishi mumkin: masalan, reklama va badiiy matnlarga xos alohida uslubni uzata olish yoxud texnik ma’lumotlarni tarjima qilish. Sifat borasida eng yuqori talablar qo‘yiladi. «GMC Translation Service» Tillar tarjima markazi saytni mahalliylashtirish ishlarini, shuningdek mahalliylashtirilgan saytni xalqaro qidiruv tizimlari uchun optimallashtirish va saytni u yoki bu brauzerda to‘g‘ri aks ettirilishini ta’minlash maqsaddida kodlash tizimini sozlash bo‘yicha barcha ishlar ketma-ketligini bajaradi. -
«GMC Translation Service» Tillar tarjima Markazi jismoniy va yuridik shaxslar uchun fuqarolarning shaxsiy xujjatlari va yuridik shaxslarning hujjatlarini notarial ishontiruvini sifatli va tezkor ravishda bajaradi. Hujjatlarni notarial ishontiruvi oddiy yoki tezlashtirilgan rejimda amalga oshirilishi mumkin. Davlat yoki yakka tartibdagi notarius tomonidan hujjatning fotonusxasi aslligi, tarjimaning to‘g‘riligi va tarjimonning imzosi tasdiqlanadi. Notarial ishontiruv notarius tomonidan ASOSLANGAN HOLDA, TEZKOR va MALAKALI tarzda bajariladi. -
Ma’lumki, xalqaro muzokaralar, konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarning muvaffaqiyatli chiqishi tarjimalarning sifatiga bog‘liq. «GMCTranslationService» Tillar tarjima Markazining sinxron va ketma-ket tarjima qiluvchi tarjimonlari Sizning istalgan buyurtmangizni sifatli bajaradilar. Bizning mutaxassislar o‘z ishiga juda mas’uliyat bilan yondashadilar. Xususan, tarjima bialn bog‘liq bo‘lgan faoliyat sohasi, tinglovchilar, atamalar, tilning dialektik xususiyatlari va boshqa omillar o‘rganiladi. Bundan tashqari, ular tomonidan ishbilarmon kishining o‘zini tutishi, etiket qoidalariga rioya etiladi, ular taqdimot o‘tkazish tajribasiga egadirlar: tinglovchilarning o‘ziga va tarjima qilinayotgan hamkoriga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiradilar. -
Kompaniyamiz istalgan formatdagi video va audio-materiallar tarjimasini bajaradi. -
«GMC Translation Service» Tillar tarjima Markazida Siz EKSPRESS TARJIMA (shoshilinch tarjima) xizmatiga buyurtma berishingiz mumkin - biz istalgan murakkablikdagi materialni mijoz uchun qulay bo‘lgan istalgan muddatda tarjima qilib beramiz. Andozaviy xujjatlarni ekspress tarjima qilish va eksprezz-xizmatlar muddatlari:- 30 daqiqa ichida- 1 soat ichida- Kuni-kuniga- notarial ishontiruv;- legallashtirish;- hujjatlarni apostillash. -
Kompaniyamiz materiallarni PageMaker, InDesign, FrameMaker formatlarida sahifalash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi. Sahifalash asl formatlarda bajarilishi yoxud qog‘oz yoki elektron ko‘rinishidan nusxalaridan shakllantirilishi mumkin. Tegishli ishlar tipografiya va nashriyotlarda ish tajribasiga ega bo‘lgan professional sahifalovchilar tomonidan bajariladi. -
Qator mamlakatlar hujjatlarni legallashtirishning soddalashtirilgan amaliyoti bo‘yicha ko‘p tomonlama kelishuv qabul qilganlar. 1961 yil 5 oktabrda qabul qilingan ushbu kelishuv Gaaga konvensiyasi deb ataladi va u rasmiy horijiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiladi.Hujjatni apostillash amaliyoti ikki bosqichdan iborat:1) hujjat nusxasining va hujjat tarjimasining to‘g‘riligini notarial ishontiruvi2) maxsus apostil (APOSTILLE) shtampini qo‘yuvchi vakolatli organ tomonidan tasdiqlanishi. -
Legallashtirish – davlat hokimiyatlaridan chiquvchi yoki ushbu hokimiyatlar ishtirokida tuzilgan hujjatning ushbu davlat qonunchiligiga muvofiq ekanligini tasdiqlashdir. Legallashtirish hujjatni imzolagan mansabdor shaxsning imzosining hamda vakolatlangan davlat organi muhrining haqiqiyligini tasdiqlashdan iboratdir. Konsullik legallashtirishi qator ishontiruvlar ketma-ketligidan iborat. Avval hujjatni va uning tarjimasining to‘g‘riligini notariusda tasdiqlash lozim, so‘ng Adliya Vazirligiga murojaat etilib, u yerda notarius imzosining haqiqiyligi tasdiqlanadi. Shundan so‘ng Tashqi ishlar Vazirligining konsullik xizmati departamentida Adliya Vazirining imzosi haqiqiyligi tasdiqlanadi. Bizning kompaniya hujjatlarni MDH davlatlari hududida legallashtirish ishlarini amalga oshiradi. - Buyurtmani rasmiylashtirish













Bizning telefonlarimiz: